Barter
Mahsulotingizni reklamaga almashtiring. Restoran taomlarni beradi, do'kon kiyim beradi, kurs o'quv joyi beradi — kanal esa buning evaziga post joylaydi.
Pul aylanmaydi va platforma komissiya olmaydi. Biz faqat takliflarni tekshiramiz va tomonlarni uchrashtiramiz.
Qanday kechadi
Reklama byudjetingiz cheklangan, lekin mahsulotingiz bor. Barter — bu reklamani mahsulot tannarxida olish imkoni.
Reklama o'rni bo'sh qolgandan ko'ra mahsulotga almashtirgan yaxshi. Ayniqsa o'zingizga kerakli mahsulot bo'lsa.
Muhim. Barterda pul aylanmagani uchun escrow himoyasi ishlamaydi. Platforma bitimni qayd etadi va nizoda yordam beradi, lekin mahsulot yetkazilishiga kafolat bera olmaydi. Katta qiymatdagi almashuvlarda tomonlarni oldindan tekshiring — masalan 5 000 000 so'm dan yuqori bitimlarda.