UGC
Mahsulotingiz haqida video kerakmi? Kreatorni tanlang, texnik topshiriqni yozing va tayyor kontentni oling.
Bizneslar uchun
UGC (user-generated content) — oddiy foydalanuvchi tilida suratga olingan video. Studiya reklamasidek yaltiroq emas, lekin aynan shuning uchun ishonarli: odam mahsulotni qo'lida ushlab, o'z uyida gapiradi.
Videoni olganingizdan keyin uni istagan joyingizda ishlatasiz — Instagram, Telegram, marketpleys kartochkasi yoki to'lovli reklama.
Studiyadan arzon
Aktyor, operator va montaj o'rniga bitta kreator. Narx odatda bir necha barobar past.
Bir marta reviziya
Tayyor video mos kelmasa, izoh yozib bir marta qayta ishlashga qaytarasiz.
To'lov himoyalangan
Pul siz videoni ko'rib tasdiqlamaguningizcha platformada saqlanadi.
Birinchi kreatorlar moderatsiyadan o'tishi bilan shu yerda paydo bo'ladi.
Profil oching, portfolioni joylang va narxingizni belgilang. Bizneslar sizni katalogdan topadi.